Janubiy Koreyaning Chunchxon shahrida taekvondo boʻyicha G2 toifasiga kiruvchi musobaqa yakulandi. Eʼtiborlisi, musobaqaning soʻnggi kunida ham terma jamoamiz vakillari shohsupaga koʻtarilishdi.
+73 kilogramm vazn toifasida dayanga chiqqan Svetlana Osipova dastlab Gollandiya, keyin avstraliyalik raqiblarini magʻlub etib, finalga yoʻl oldi. Afsuski, oltin medal uchun kechgan jangda musobaqa mezbonlaridan biriga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi.
Musobaqa ishtirok etgan yana 2 nafar vakilimiz yarim final uchun kechgan bahsda omadsizlikka uchrashdi. Shunday boʻlsada Tokio Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini jamgʻarishga muvaffaq boʻldilar. Vakillarimiz endi G1 toifasidagi “Kimyeong cup” turniriga yoʻl olishadi. Avvalgi kun -49 kilogramm vazn toifasida Madinabonu Mannopova bronza medalini qoʻlga kiritgan edi.