Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar yuqori darajada. Yurtning ravnaqi yoʻlida juda koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yoshlarga juda katta imkoniyatlar berilayapti. Taʼlim-tarbiya sohasiga ham katta eʼtibor qaratilmoqda.
Lekin koʻpgina yosh ota- onalarni qiynayotgan masala eʼtibordan chetda qolmoqda. Bolani necha yoshdan bogʻchaga qabul qilish kerak degan savol yoshu kattani oʻylantirayapti.
Davlat bogʻchalaridagi qabul holati hammaga maʼlum: Bogʻchaga bolani olish 3 yoshdan qilib belgilangan. Toʻgri, kichkina yoshli farzandlarimiz uchun uy bogʻcha va xususiy bogʻchalar mavjud. Lekin ularning sharoiti va narxi odamni qiyin axvolga solib qoʻyadi. Davlat bogʻchalariga eʼtibpr berib qaralsa har qanday talabga javob beradi. Xonalar yorugʻ, shinam, keng, hovli undanda goʻzal!
Toshkent shahrida uy bogʻcha va xususiy bogʻchalar narxi 1.4 mln dan kam emas. Oʻrtacha oylik oladigan yosh oila uchun bu ogʻirlik qiladi? Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida ham bolani qabul qilish 2 yoshdan belgilansa, yosh ota- onalar ayniqsa, talaba onalarga juda katta yordam va koʻmak boʻlgan boʻlar edi. Qolaversa, uyda oʻtirgan pensioner otaxonu onaxonlar ham qarigan chogʻida zimmasiga olayotgan katta masʼuliyatdan ozod qilingan boʻlardi.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi ushbu masalani tegishli tashkilotlar bilan maslahatlashib, ijobiy yechim topishidan umidvormiz.
Capayeva Lolaxon Umrbekovna, Toshkent farmatsevtika instituti magistranti