Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida oʻquv yilining oxirida ananaviy tarzda oʻtkaziladigan “Talaba-yoshlar ijodiyoti-2019” koʻrik-festivali yakunlandi.
Festivaldan koʻzlangan asosiy maqsad yoshlarni kelajakdagi rejalarini belgilab olishda koʻmak berish hamda yosh isteʼdod egalarini ragʻbatlantirishdir.
Bu galgi festivalda sanʼat va madaniyat sohalarida taʼsis etilgan Yilning eng faol talabasi, Yilning eng yaxshi sanʼat va madaniyat targʻibotchisi, Yilning eng yaxshi kitobxon talabasi, Yilning eng yaxshi axborot texnologiyalari bilimdoni, Yilning eng yaxshi maqola muallifi kabi 25 ta yoʻnalishda institutning iqtidorli talabalari bellashdilar va gʻoliblar taqdirlandi.
Tadbirda institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yoʻldoshev, Oʻzbekiston Xalq artisti Mirza Azizov, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Mavluda ASQARXOʻJAYEVA