Talabalar tomonidan yaratilgan innovatsion ishlanmalar namoyish etildi

0
163
marta koʻrilgan.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida Madaniyat hamda Innovatsion rivojlanish vazirliklari hamkorligida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda aholi farovonligini yanada oshirish, faol tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, innovatsion gʻoya va faoliyatni jadal rivojlantirish hamda fan va texnologiyalar taraqqiyotini takomillashtirish borasida samarali ishlar qilinmoqda.
 
Tadbirda talabalar tomonidan yaratilgan innovatsion ishlanmalar namoyishi boʻldi. Qoʻshma innovatsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari, tarmoqlardagi boshqa sheriklar bilan hamkorlikni rivojlantirish borasida fikr va takliflar bildirildi.
 
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamda Jizzax politexnika instituti oʻrtasida yoshlarning innovatsion gʻoyalari, ularning taklif va talablarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida memorandum imzolandi.
 
Gulnoza Boboyeva, OʻzA
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.