Talabalar uchun zamonaviy yotoqxona

0
241
marta koʻrilgan.

Urganch davlat universiteti hududida 500 oʻrinli zamonaviy va barcha qulayliklarga ega talabalar turar joyi  foydalanishga topshirildi.

Mazkur binoni qurish va jihozlash ishlari universitetning byudjetdan tashqari ishlab topilgan mablagʻlari hisobidan amalga oshirildi. 

Binoning har bir qavatida 72 oʻrinli 2 ta oshxona, madaniy dam olish xonalari, axborot resurs markazi, shuningdek xorijdan taklif etilgan professor-oʻqituvchilar uchun mehmonxona tipidagi 25 kishiga moʻljallangan alohida yashash xonalari mavjud.

Yoshlarning ilmga muhabbatini kuchaytirish, ularning bandligini taʼminlash, kasb-hunarga oʻrgatish maqsadida binoning yertoʻla qismida yoshlar inkubatsion, kovorking, axborot texnologiyalari va hunarmandchilik markazlari tashkil etildi. 

Elyor POLVONOV
 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.