Talabalarga ijara pulining 50 foizi davlat tomonidan qoplanadi

0
144
views

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi 13 aprel kungi  videoselektor yigʻilishida ijarada yashaydigan talabalar uchun Hukumat dasturi tayyorlanayotganini maʼlum qildi.

Bugungi kunda 130 mingdan ziyod oliygoh talabalari ijarada yashamoqda. Ularga 1 maydan boshlab ijara toʻlovining yarmi davlat tomonidan qoplab beriladi.  Dastlabki bosqichda ushbu tizim orqali 60 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.

Shuningdek, ehtiyojmand talabalarga ushbu xarajatlar hokimliklar va oliygohlar mablagʻi hisobidan ham qoplab berilishi va navbatdagi oʻquv yilida buning uchun 100 milliard soʻm ajratilishi taʼkidlandi.

Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 4,4 trillion soʻm mablagʻ yangi yotoqxonalar qurilishiga yoʻnaltiriladi.

gujum.uz

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here