Tanzila Norboyeva: “Yil ayoli” hamda “Gender tenglik faoli” anʼanaga aylangan milliy tanlov

0
135
marta koʻrilgan.

Keyingi yillarda hayotimizning barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning ilgʻor tashabbuslarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish, shuningdek, jamiyatda gender tenglikni taʼminlash davlatimiz siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanib bormoqda.

Bu yilgi bu boradagi ishlarning oʻziga xos sarhisobi boʻlgan “Yil ayoli” hamda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarining Respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etib, xotin -qizlarimizning yutuqlaridan quvondik.

Har ikkala tanlov ham yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissasini qoʻshib kelayotgan turli soha egalari boʻlgan ayollarni ragʻbatlantirish, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga katta hissa qoʻshib kelayotganlarni munosib taqdirlash hamda bu boradagi ilgʻor tajribalarni ommalashtirishda muhim oʻrin tutadi.

– Bu yilgi gʻoliblarimiz timsolida gender siyosatiga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan barcha faollarni muborakbod etaman, – deydi  Oʻzbekiston Senati raisi Tanzila Narbayeva.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.