9 mart kuni pandemiyaning iqtisodiyotimizga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Prezidenti farmon qabul qilgan edi. Hukumat va mahalliy hokimliklar joylarda bu chora-tadbirlarning ijrosini taʼminlamoqda.
Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashining bir guruh tashabbuskor deputatlari tomonidan «Hamjihat» loyihasi doirasida shahrimizning Olmazor tumanida joylashgan tibbiy muassasalariga 10 ming dona polietelen baxilla va 5 ming dona maxsus tibbiyot bosh kiyimlarini taqdim etildi.
Mazkur tibbiyot anjomlari «LIGHT WAY» masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan ishlab chiqarilgan boʻlib, maxsus tibbiy yordam mashinasida joylarga yetkazib berildi.
Toshkent shahar deputati X,Kuchkarova va Sergeli tumani deputati S.Neʼmatova xamda shahar deputati, Katta Korasuv mahalla fuqarolar yigʻini raisi N.Jabbarovalar Qumariq mahallasidagi uyi yonib ketgan xonadon aʼzolari bilan uchrashib, koʻngil soʻrab, Mirzo Ulugbek tumani tadbirkorlari koʻmagida moddiy yordam berishdi.
Pandemiyani toʻxtatish uchun butun dunyo xalqlari qatori bizning mamlakatimizda ham jiddiy jiddiy chora-tadbirlar amaoga oshirilmoqda.
Uyda qoling. Oʻzingizni va oilangizni asrang. Shu yoʻl bilan pandemiyaning oldini olishga munosib hissa qoʻshgan boʻlasiz.
R. SAPOYEVA