“Tashkent open-2018”: xalqaro turnirga qurʼa tashlandi

0
108
marta koʻrilgan.
Poytaxtimizda Xalqaro xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) musobaqalar taqvimidan joy olgan “Tashkent open – 2018” xalqaro turnirining asosiy toʻr bahslariga qurʼa tashlandi.
 
Qurʼa natijasiga koʻra, hamyurtimiz Sabina Sharipova ilk davrada rossiyalik Margarita Gasparyanga qarshi kortga chiqadigan boʻldi. Nigina Abduraimova esa germaniyalik Mona Bartel bilan raqobatlashadi.
 
Marosim doirasida jurnalistlar uchun matbuot anjumani ham tashkil etildi. Unda maʼlum qilinishicha, musobaqa 24 sentyabr, dushanba kuni poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida oʻtkaziladi.
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.