Termiz – Hayraton – Mozori Sharif temir yoʻli qanday maqsadlarga xizmat qilmoqda?

0
151
marta koʻrilgan.

Bu boradagi fikr-mulohazalar Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi matbuot markazida boʻlib oʻtayotgan sessiya yigʻilishi davomida yangradi, deya xabar beriladi uza.uz saytida

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi oʻrinbosari Akmal Kamolovning maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston hamisha qoʻshni mamlakatda tinchlik va osoyishtalik hukm surishiga tilakdosh boʻlib, birodar afgʻon xalqiga yordam qoʻlini choʻzib kelgan. Bu oʻrinda oʻzbekistonlik mutaxassislar tomonidan Termiz – Hayraton – Mozori Sharif temir yoʻli qurib, foydalanishga topshirilganini alohida taʼkidlash kerak. 

Mozori Sharif – Hirot temir yoʻli va Surxon – Puli Xumri elektr uzatish liniyasini qurish boʻyicha kelishuvlarga erishildi. Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi mintaqadagi barcha davlatlar, shu bilan birga, Afgʻoniston iqtisodiyoti rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Temir yoʻllar keltirayotgan foyda haqida soʻz borganda, ushbu logistika imkoniyatlari orqali afgʻon xalqi uchun jahon hamjamiyati tomonidan millionlab tonna gumanitar yordam yuklari yetkazib berilayotganini eslash oʻrinli. Bu bizning ushbu loyihalarni amalga oshirish orqali faqat iqtisodiy foydani koʻzlamayotganimizning yorqin misolidir”, deb taʼkidladi Akmal Kamolov. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.