TIKA Oʻzbekistondagi yosh fermerlarga koʻmak beradi

0
350
views

2 fevral kuni Oʻzbekiston yosh fermerlari kengashi  va Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi (TIKA) ning hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Unda  Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yosh fermerlar faoliyatiga yordam koʻrsatish boʻyicha bir qancha ijobiy kelishuvlarga erishildi.

Jumladan, endi Turkiya   energiya manbalari yordamida sugʻorish tizimlarini rivojlantirish dasturi yosh fermerlar faoliyatida joriy etiladi. Ushbu innovatsion loyiha quyosh energiyasidan foydalanib, yerning tabiiy landshaft joylashuvi tufayli suv chiqishi qiyin boʻlgan maydonlarni  sugʻorish imkoniyatini beradi. Unga koʻra Oʻzbekiston yosh fermerlari kengashi tomonidan sugʻorish ishlarida jiddiy muammolarga duch kelayotgan yosh fermerlar faoliyati oʻrganib chiqilgan holda hamkorlarga tavsiya etiladi.

Uchrashuvda shuningdek, asalarichilikni rivojlantirish boʻyicha ham bir qancha loyihalar ilgari surildi. Loyihalarga koʻra ikki tomonning kelishuvi asosida  yosh fermerlarga Turkiyadan ona asalarilar hamda asalari koʻpaytirishda kerak boʻladigan tehnologiyalar yetkazib beriladi.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun respublikamizning faol yosh fermerlari Turkiyada malaka oshirib qaytishlari ham rejalashtirilgan.

Ilyos Safarov, Oʻzbekiston yosh fermerlari kengashi matbuot xizmati rahbari

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here