Til-millatimiz qalbi!

0
149
marta koʻrilgan.

Uchtepa tumani axborot — kutubxona markazida oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan “Til-millatimiz qalbi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda Uchtepa tumani hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi masalalari boʻyicha maslahatchisi Egamova Dilfuza  va   Uchtepa tumanining  78-umumiy oʻrta taʼlim maktabi kitobxon oʻquvchilari ishtirok etdilar.    

 Uchtepa tumani axborot-kutubxona markazi rahbari Barchinoy Xodjayeva  — Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va maʼnaviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixi ekanligini. tilimizni eʼzozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb maʼnaviy burchimiz boʻlib qolishiga eʼtibor qaratish kerakligini taʼkidlab oʻtdilar.

Uchtepa tumani hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi masalalari boʻyicha maslahatchisi Egamova Dilfuza  Biz oʻz ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uning nufuzini oshirishimiz, goʻzal va sofligini avlodlarga meros sifatida qoldirishimiz, dunyoga tanitishda oʻz hissamizni qoʻshishimiz kerak. “Til yashasa, millat yashaydi”. Agar biz oʻz tilimizning koʻrkamligi, boyligini dunyoga tarannum etsak, millatimiz yanada charogʻon boʻladi va birligimiz mustahkam boʻlishi haqida maʼruza qildi.

Mazkur tadbirda 78- umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari Ochilov Abubakir Siddiq, Anayeva Zilola, Abdugʻaniyev Azamatlar tomonidan namoyon etilgan oʻzbek tilimizni sharaflovchi sheʼrlar, mutolaa va til haqidagi hikmatli soʻzlar tadbir ishtirokchilarida katta taasurot qoldirdi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.