Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara majmuasiga tashrif buyurdi.
Birinchi Prezidentimiz qabriga gul qoʻyilib, Qurʼon tilovat qilindi.
Mazkur majmuaga har kuni yuzlab yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlar ziyoratga keladi. Ular orasida tojikistonliklar ham bor.
Tojikiston Prezidentining Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat bajo keltirishi xalqimizga ehtirom, mehr-oqibat ifodasi boʻldi. Emomali Rahmon Islom Karimovning dafn marosimida ham qatnashgan edi.
Mehmonga majmuada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida soʻzlab berildi, deya xabar beriladi prezident. uz saytida.