Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Tojikiston rahbari mamlakatimiz yetakchisini kuni kecha Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan muddatidan ilgari Prezident saylovida qozongan ishonchli gʻalabasi bilan samimiy qutladi.
Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, qishloq xoʻjaligi va boshqa ustuvor sohalarda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Boʻlajak ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasi ham koʻrib chiqildi.