Tojikiston Prezidenti Oʻzbekiston yetakchisini saylovdagi gʻalabasi bilan tabrikladi

0
85
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Tojikiston rahbari mamlakatimiz yetakchisini kuni kecha Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan muddatidan ilgari Prezident saylovida qozongan ishonchli gʻalabasi bilan samimiy qutladi.

Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, qishloq xoʻjaligi va boshqa ustuvor sohalarda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Boʻlajak ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasi ham koʻrib chiqildi.

 

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here