Dzyudochilarimizning Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlaridagi gʻalabali yurishi boshlandi. Bugun -73 kg vazn toifasidagi vakilimiz Hikmatilloh Toʻrayev ilk bosqichda muvaffaqiyat qozondi.
Germaniyalik Igor Vandtkega qarshi bahsda vakilimiz oʻzining chiroyli harakatlari bilan dzyudo muxlislariga ishonch bagʻishladi.
Dzyudochimiz Hikmatilloh Toʻrayev Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlaridagi ikkinchi bahsini ham oʻtkazdi. Ushbu bosqichda vakilimiz 2018 yilgi jahon chempioni koreyalik An Changrimga qarshi tatamiga chiqdi.
Asosiy vaqtda gʻolib nomi aniqlanmadi. Qoʻshimcha vaqtda kechgan kurashda raqib vazari bahosi bilan gʻalabani ilib ketdi. Shu bilan vakilimiz Tokio-2020 Olimpiadasida yakkalik bosqichidagi ishtirokini erta yakunladi.