Tokio-2020 Olimpiadasining ikkinchi kun dasturida boks bahslariga ham start berildi. Kunning birinchi jangi hamyurtimiz Tursunoy Rahimova ishtirokida kechdi.
Ringga koʻtarilgan vakilamiz (-51 kg vazn toifasida) polshalik Sandra Drabikka qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli kechgan bahsda chiroyli jang oʻtkazgan Rahimova raqibasi ustidan irodali gʻalabaga erishdi.
Shu tariqa Rahimova Olimpiya oʻyinlarida gʻalabaga erishgan ilk bokschi qizimiz sifatida tarixga kirmoqda. Uning keyingi bosqichdagi raqibasi turkiyalik Buse Naz Chakirooʻgʻlu boʻladi. Tursunoyga keyingi bosqichlarda ham omad tilab qolamiz.