Taekvondo boʻyicha navbatdagi bellashuvlarga ham start berildi. Unda Ulugʻbek Rashitov (-68 kg) yurtimiz sportsevarlari kutgan gʻalabaga erishdi.
Dastlabki saralash bosqichida sportchiga malilik Seydu Mofana raqiblik qildi. Murosasiz kechgan jangda Oʻzbekiston vakili 38:17 hisobida gʻalaba qozonib, chorak finalga yoʻl oldi. Hamyurtimiz yarim final yoʻllanmasi uchun 3 karra jahon chempioni, Olimpiya oʻyinlarining 2 karra sovrindori janubiy koreyalik Li De Xunga qarshi bellashuvga chiqadi.
Boʻlajak bahslarda ham yurtdoshimizga omad tilab qolamiz.