Ayni paytda Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik olib borayotgan aksariyat sportchilar Toshkent viloyati Angren shahri yaqinidagi “Dukent” oʻquv-mashgʻulotlar tayanch markazida shugʻullanishmoqda.
Hozirda ushbu oʻquv-mashgʻulotlar markazida qilichbozlik, yengil atletika, sport kurashlari va Paralimpiya sport turlari boʻyicha respublika terma jamoalari mashgʻulot olib borishmoqda. Olimpiyachilar uchun bu yigʻin musobaqa oldidan soʻnggi tayyorgarlik bosqichi boʻlib, unda sportchilarning texnik va taktik qobiliyatlarini yuksaltirish, ularni musobaqaga yaqin eng yuqori jismoniy tayyorgarlikka olib chiqish nazarda tutilgan.
MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov har bir sport turidagi vakillar bilan birma-bir ularning kayfiyati, salomatligi va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashdi.
Shuningdek murabbiylar shtabi bilan sharoitlar, soʻnggi tayyorgarlik rejalari, shifokorlar bilan suhbatda esa epidemiologik holatni yanada qattiq nazoratga olish boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdi.
gujum.uz