Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimining ssenariysiga koʻra, barcha davlatlardan 1 nafardan erkak va ayol sportchilar bayroqdor boʻlib chiqishadi. Bu Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan targʻib qilinayotgan gender tenglik siyosatining amalda tatbiq etilishidir. XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi 23 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da Tokiodagi «Olimpiya» stadionida boshlanadi.
Olimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimida Oksana Chusovitina va bokschi Bobo-Usmon Baturov Oʻzbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari boʻlishadi.
Afsonaviy gimnastikachi Oksana Chusovitina yozgi Olimpiya oʻyinlarida bayroqdor boʻlgan dastlabki ayol atletchi sifatida tarixdan joy olmoqda. Oksana Chusovitina Barselona-1992 Olimpiya oʻyinlari chempioni, uch karra jahon chempioni, Osiyo oʻyinlari gʻolibi, qatorasiga yettita yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan yer yuzidagi yagona ayol gimnastikachi sifatida Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilgan.
Tokiodagi ochilish marosimda oʻzining sakkizinchi Olimpiadasiga tayyorgarlik koʻrayotgan, allaqachon dunyo gimnastikasi afsonasiga aylangan hamyurtimiz, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi, “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni egasi Oksana Chusovitina mamlakatimiz sport delegatsiyasini hur diyorimiz bayrogʻini sarbaland koʻtargan holda XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarining bosh arenasiga boshlab tushadi. Unga esa boks boʻyicha Osiyo chempioni, Osiyo oʻyinlari gʻolibi, jahon chempionati sovrindori, “Kelajak bunyodkori” medali sohibi Bobo-Usmon Baturov hamrohlik qiladi.
GUJUM. UZ