Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarida delegatsiyamiz dastlabki medalni qoʻlga kiritdi

0
238
views

Paralimpiya oʻyinlarining dastlabki kuni — 25 avgustda yurtimiz terma jamoasi vakili Islom Aslanov para-suzish bahslarida bronza medaliga sazovor boʻldi.

Erkaklar oʻrtasida 100 metrga batterflyay usulida (S13 klass) suzish bahsida 2 nafar vakilimiz final dasturida qatnashdi. Uchinchi yoʻlakda harakat qilgan yurtdoshimiz Islom Aslanov 57.12 soniya natija qayd etdi va bronza medaliga sazovor boʻldi. Ushbu dasturda qatnashgan Muzaffar Tursunxoʻjayev esa 57.44 soniya bilan beshinchi pogʻonani band etdi. Xuddi shu yoʻnalishda ayollar toifasida ishtirok etgan Shohsanamxon Toshpoʻlatova esa toʻrtinchi natijani koʻrsatdi.

GUJUM. UZ  tahririyati Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasini, Milliy Paralimpiya qoʻmitasini va Islom Aslanovni hamda uning yaqinlarini, sportsevarlarni dastlabki medal bilan samimiy qutlab qoladi. Qolgan ishtirokchilarimizga ham omad va zafarlar yor boʻlsin. Olgʻa, Yangi Oʻzbekiston!

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here