Tokio-2020 qahramonlari “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonlari bilan taqdirlanishdi

0
238
marta koʻrilgan.

2020 Olimpiya oʻyinlari qahramonlari yurtimizning eng ulugʻ va eng aziz bayrami munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonlari bilan taqdirlanishdi.

Milliy olimpiya qoʻmitasida boʻlib oʻttgan tadbirda Rustam Shoabdurahmonov boshchiligidagi Qoʻmita rahbariyati, sportchilar va ularning murabbiylari, Bahodir Maxsitov boshchiligidagi sport faxriylari ham ishtirok etishdi.

Tadbirni MOQ rahbari ochib, barcha sportchilarni Olimpiya oʻyinlarida qayd etgan gʻalabalari va Mustaqillik bayrami bilan qutladi. Shundan soʻng Qoʻmita rahbariyati, sportchi va murabbiylarga esdalik nishonlarini topshirdi.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.