Toshkent viloyatining soʻlim Boʻstonlik tumanida joylashgan Beldersoy oromgohida Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlariga litsenziyani qoʻlga kiritgan para-dzyudo hamda para-pauerliftingchilar hamda ularning trenerlari taqdirlanishdi.
Taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov hamda Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev ishtirok etishdi. Tantanada XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan sportchilarga 100 million soʻm, ularning trenerlariga 50 million soʻm miqdorida bir martalik pul mukofotlari sertifikatlari topshirildi.
Tadbirda paralimpiyachilar nomidan soʻzga chiqqan Uchqun Quranboyev, Sevinch Salayeva, Vasila Aliboyeva va boshqalar oʻzlariga boʻlgan eʼtibor va gʻamgʻoʻrlikdan xursandligini bildirishdi va xalqaro bellashuda barcha kuch va salohiyatini ishga solib, yurt bayrogʻini yuqori koʻtarishga soʻz berishdi.
GUJUM.UZ