Tokio-2020 Olimpiya shaharchasida mamlakatimiz delegatsiyasining shtabi rasman oʻz ishini yoʻlga qoʻydi. MOQ raisi oʻrinbosari, Tezkor shtab boshligʻi Sherzod Tashmatov boshchiligidagi jamoa asosiy delegatsiya tashrifiga qadar barcha masalalarni hal qilmoqda.
Butun dunyodagi epidemiologik vaziyat sabab ijtimoiy masofa, mehmonlarning salomatligi juda qattiq nazorat ostida boʻladi. MOQ vakillari hozirda delegatsiyamiz aʼzolari uchun xizmat qiladigan transport vositalari, ular yashaydigan va harakatlanadigan hududni oʻrganib chiqmoqda. Mazkur guruhdan MOQ Xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin Ergashev, Olimpiya sport turlari faoliyatini koordinatsiya qilish departamenti direktor oʻrinbosari Hikmat Toshmatov, Xalqaro aloqalar departamenti bosh mutaxassisi Nozim Atakulov, Tezkor shtab aʼzosi Murod Choriyev va RSTIAM shifokori, COVID-ofitser Aʼzamjon Soliyev oʻrin olishgan.
Tokio-2020 Olimpiadasida ishtirok etadigan delegatsiyamizning asosiy qismi 20 iyul kuni Olimpiya shaharchasiga kirib joylashadi.