Toʻpalang daryosining energetika quvvati oshiriladi

0
305
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish boʻyicha avval berilgan topshiriqlar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida 30 aprel kuni Surxondaryo viloyatiga keldi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 aprel kuni Sariosiyo tumanidagi Toʻpalang gidroelektr stansiyasini borib koʻrdi. 

Mamlakatimizda gidroenergetikani rivojlantirish uchun tabiiy sharoitga ega joylar koʻp. Bu imkoniyatdan samarali foydalanib, energiya ishlab chiqarishni koʻpaytirish iqtisodiyotimizning eng muhim yoʻnalishlaridan biriga aylandi. 

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 2 maydagi qarori bilan 2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi belgilandi. Oʻsha yili 18 maydagi farmonga muvofiq,  «Oʻzbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. Sohada yagona texnik siyosatni amalga oshirish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini oʻzlashtirish, mavjud gidroelektr stansiyalarni zamonaviy texnologiyalar asosida qayta jihozlash va yangi quvvatlarni tashkil etishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berildi. 

Shu asosda Toʻpalang gidroelektr stansiyasi ham modernizatsiya qilinmoqda. Bu yerda har biri 15 megavatt boʻlgan ikkita agregat ishlab turgan edi. Prezidentimiz topshirigʻiga muvofiq, avvaliga Toʻpalang suv ombori toʻgʻoni 20 metrga koʻtarildi. Natijada uning sigʻimi 380 million kub metrdan 500 millionga yetkazildi. Ayni paytda jami quvvati 145 megavattli yana ikkita agregat oʻrnatish boʻyicha ish olib borilmoqda. 

Bundan tashqari, har biri qariyb 38 megavatt boʻlgan Zarchob-1 va Zarchob-2 kichik gidroelektr stansiyalari ham barpo etilyapti. Shu tariqa energiya olish quvvati jami 250 megavattga yetkaziladi.

Ahamiyatlisi shundaki, bu resurslar tabiiy va qayta tiklanuvchandir. Ekologiyaga hech qanday zarar yetkazmagan holda barqaror energiya ishlab chiqarilib,   sanoat korxonalari, turli idoralar va aholiga yetkazib beriladi.

Davlatimiz rahbari yangi toʻgʻon va gidroelektr stansiyani koʻzdan kechirdi.

— Bu tarixiy voqea, — dedi Shavkat Mirziyoyev. —  Bu ishlar  kelajak uchun, bolalarimiz uchun. Kelgusida Surxondaryo gidro energiya hisobidan bemalol iqtisodiyotini taʼminlasa boʻladi.

Shu yerda suv omborlari va gidroelektr stansiyalari holatini monitoring qilishga ixtisoslashgan texnik tizimlar taqdimoti ham oʻtkazildi.

Prezident suv omborlari toʻgʻonlarini mustahkamlash va doimiy nazorat qilish, xavfsizligini taʼminlash, ilmiy ishlanmalar asosida ulardan foydalanish koeffitsentini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.