Toshkent arxitektura-qurilish institutida  talabalar kovorking-markazi

0
417
views
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi koʻmagida Toshkent arxitektura-qurilish institutida  talabalar kovorking-markazi tashkil etildi.
 
“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosi doirasida tashkil etilgan ushbu kovorking markazi respublika OTMlari orasida birinchi hisoblanadi.
 
Unda talabalar qiziqarli arxitektura loyihalar ustida ishlashi, mustaqil yoki guruh bilan ishlagan holda tajriba almashishi va oʻz gʻoyalarini rivojlantirishi, jamoat ishlari bilan shugʻullanishi mumkin.
 
Eʼtiborlisi, kovorking markazining dizayn loyihasidan tortib, to xonaning ichki bezagigacha boʻlgan ishlarni institut talabalari oʻz ustozlari bilan birgalikda amalga oshirishgan.
 
Markaz har xil shaklga ega boʻladigan (transformer) mebel, taqdimot uskunalari, markerli taxta (doska)lar bilan jihozlangan hamda arxitektorlar uchun barcha zamonaviy dasturlar oʻrnatilgan ikkita alohida kompyuter xonalariga ega.
 
Kelgusida bu kabi markazlar boshqa OTMlarda ham tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
 
 
PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here