Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Karyera kuni” axborot-tanishtiruv tadbiri boʻlib oʻtdi.
Universitetda bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash maqsadida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib, har yili anʼanaviy tarzda “Karyera kuni” oʻtkazilmoqda.
Ushbu tadbirda boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etayotgan vazirlik, muassasa, tashkilot va korxonalarga bitiruvchi talabalar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etiladi. Ishga joylashish va kasbga yoʻnaltirish boʻyicha muloqotlar olib boriladi.
–Bitiruvchilarni ish bilan taʼminlashda “Karyera kuni” tadbirining ahamiyati va samarasi nihoyatda yuqori. Unda nafaqat bitiruvchilar, balki istagan talaba qatnashishi mumkin. Chunki, unda mutaxassislarning maʼruzalari, talabalarning qiziqishlari asosida maslahatlar beriladi, qizgʻin savol javoblar kechadi, – deydi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti matbuot kotibi Oybek Qoʻshboqov. – Bu galgi tadbir doirasida ish beruvchi tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan “mahorat darslari” tashkil etildi. “Oʻzbekiston Respublikasi soliq siyosatini rivojlantirish konsepsiyasi va 2019 yildagi soliq siyosatining asosiy yoʻnalishlari”, “Korxonada strategik rejalashtirish”, “Tadbirkorlik subyektlarining raqobatbardoshligini oshirishda bank-moliya tizimining oʻrni” kabi dolzarb mavzularda maʼruzalar tinglanib, muhokamalar oʻtkazildi.
Rasulbek Yusupov, universitet talabasi