Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetida bakalavriat boʻyicha 4 ta yangi taʼlim yoʻnalishi

0
436
marta koʻrilgan.

Yangi oʻquv yilidan  yaʼni  2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetida bakalavriat boʻyicha 4 ta yangi taʼlim yoʻnalishi qoʻshiladi. Bu haqda AOKA anjumanlar zalida boʻlib oʻtgan brifingda Sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva maʼlum qildi:

 2020 yil 16 apreldagi PQ-4680-son Prezident qaroriga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga «universitet» maqomi berildi;

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab tarmoqlar va mehnat bozori talablari hamda ilgʻor xorijiy tajribalar asosida bakalavriatda yangi 4 ta taʼlim yoʻnalishi qoʻshiladi. Jumladan:

+ Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik;
+ Jurnalistika: xalqaro jurnalistika;
+ Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (sharq tillari);
+ Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)

Ikkita mutaxassislik 5A120305 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya hamda Turizm (yoʻnalishlar va faoliyat turlari) boʻyicha qabul kvotalari shakllantirildi;

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab I bosqich talabalari oʻquv jarayonini kredit-modul tizimiga oʻtkazish maqsadida yangi oʻquv rejalari ishlab chiqildi. Mazkur oʻquv rejalarida YeCTS (Yevropa kredit transfer tizimi)ga muvofiq bakalavr darajasida talaba 240 ta va magistraturada 120 ta kredit fanlarni oʻzlashtirishi belgilandi;

 2020-2021 yildan Universitetga oʻqishga qabul qilishda turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur, yapon tillaridan test sinovlari oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish uchun Davlat test markazi bilan hamkorlikda test materiallari bazalari yaratildi;

TDSHU doktoranturasiga qabul kvotasini 23 taga koʻpaytirish, Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi; Etnologiya, etnografiya va antropologiya ixtisosliklari boʻyicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashni tashkil etish boʻyicha takliflar kiritildi;

 Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni keng targʻib etish Markazi oʻz ishini boshladi;

 Fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqot institutlari olimlari bilan hamkorlikda sharqshunoslik sohalari boʻyicha maqsadli ilmiy loyihalarni tayyorlash ishlar davom etmoqda.

 Sharqshunoslik universitetida yangi — Turizm yoʻnalishi boʻyicha qabul kvotalari shakllantirildi.

 Qabul uchun turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy,koreys, uygʻur, yapon tillaridan test sinovlari materiallari bazalari yaratildi.

 Doktoranturaga qabul kvotasi 23 taga koʻpaytiriladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.