Toshkent Davlat sharqshunoslik universitetida Bobur tavalludining 538 yilligi nishonlandi

0
177
views

Toshkent Davlat sharqshunoslik universitetida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik kafedrasi talabalari ishtirokida «Boburni sogʻinib» nomli adabiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiy faoliyatiga bagʻishlangan qisqa va qiziqarli maʼruzalari bilan professor Q.Sodiqov, dotsent  M.Eshmuhamedova chiqish qildilar.

 Talabalar ishtirokida Bobur gʻazallaridan namunalar tinglandi, allomaning  hayot yoʻlini yorituvchi  sahna koʻrinishi ijro etildi.

Shuningdek,  Bobur gʻazallaridan  iborat kuy-qoʻshiqlar yangradi. Isteʼdodli yosh xonanda Oʻlmas Olloberganovning alloma gʻazallari asosidagi ashulalari barchaga maʼqul keldi.

Tadbir talabalar uchun qoʻshimcha dars boʻldi, barchada katta tassurot qoldirdi.

Nodira SAʼDULLAYEVA, Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteti oʻqituvchisi

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here