Toshkent eng kuchli marafonchilarni va havaskorlarni chorlaydi!

0
253
marta koʻrilgan.

Bir necha yildirki, poytaxtimizda Navroʻz bayrami arafasida xalqaro marafon oʻtkazib kelinadi. Bu yil beshinchi bor tashkil etiladigan musobaqa 12 mart sanasiga belgilangan.

Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasining maʼlum qilishicha, ayni paytda ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni ketmoqda. Unda qatnashmoqchi boʻlgan koʻngillilar ushbu havola orqali(olympic. uz) roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Reglamentga koʻra, bu yilgi poygalar quyidagi masofalarda tashkil etiladi:

Klassik marafon (42 km, 195 m);

Yarim marafon (21 km, 97,5 m);

10 kmga yugurish;

3 kmga yugurish.

Musobaqaning start va finish nuqtasi doimgidek “Humo arena” muz saroyi oldidagi “Afrosiyob” va “Beshyogʻoch” koʻchalari tutashgan qismda boʻladi.

gujum.uz

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.