Toshkent metro bekatlarida bepul Wi-Fi internet xizmati ishga tushiriladi

0
171
marta koʻrilgan.

Hozirgi kunda «Alisher Navoiy» va «Paxtakor» bekatlarida sinov tariqasida tezligi 512 Kbit/s boʻlgan bepul, Wi-Fi internet xizmati oʻrnatilgan. 

Mazkur xizmatdan har qanday Oʻzbekiston Respublikasining uyali aloqa operatorining abonentlari boʻlgan yoʻlovchilar avtorizatsiyadan oʻtgandan keyin (SMS -kodi orqali) foydalanishi mumkin. Ayni paytda poytaxtimizdagi barcha metro bekatlarida Internetga bepul Wi-Fi texnologiyasi orqali ulanishni kengaytirish boʻyicha ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

Yana bir eʼtiborga molik jihat, «Bodomzor» va «Mustaqillik maydoni» bekatlarida joriy qilingan elektron toʻlovlar tizimi boshqa bekatlarda ham keng joriy qilinadi. Unda zamonaviy avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi, yaʼni NFC dasturini oʻrnatish koʻzda tutilgan. Ushbu loyihaga koʻra, uyali aloqada mavjud boʻlgan hisoblardan ham toʻlovlarni amalga oshirish mumkin.

 “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Axborot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.