Toshkentda qilichbozlikning rapira yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi oʻtkazilmoqda.
Bugungi birinchi kun musobaqalarida yakkalik yoʻnalishida gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Hamyurtimiz Radmir Semeneev yarim finalda qozogʻistonlik raqibiga imkoniyatni boy berdi va bronza medali bilan taqdirlandi. Qizlar oʻrtasidagi bellashuvlarda esa Zaynab Dayibekovaning izdoshlari chiqmadi, afsuski, ikki nafar sportchimiz chorak finalgacha yetib borishdi.
Yigitlar bellashuvida Akos Pirk (Slovakiya), Galim Nurumov (Qozogʻiston), Radmir Semeneev (Oʻzbekiston) va Arpad Fazekas (Slovakiya) gʻoliblar qatoridan oʻrin olishdi.
Qizlar oʻrtasidagi bellashuvda Xalqaro neytral sportchi Anastasiya Beznosikovaga birinchilik nasib qildi. Ruminiyalik Andrea Dinka ikkinchi oʻrinni egalladi. Qozogʻistonlik Sofiya Aktayeva va ruminiyalik Mariya Teoroyeskuga uchinchilar qatorida gʻolib boʻlishdi.
GUJUM.UZ