Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi yigʻilishidan xabar

0
90
marta koʻrilgan.

Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

 Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yettinchi yigʻilishida Toshkent shahridagi bosh boshqarma, boshqarma va tashkilot rahbarlari, Toshkent shahar hokimligi masʼullari, Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Kengashning navbatdagi yigʻilishida Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Toshkent shahar davlat Soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Maxmadoʻstov Jalol Maxmadoʻstovichning hisoboti eshitilib amalga oshirayotgan ishlari muhokama etildi.

Mazkur yigʻilishda Davlat tashkilotlarining oʻz faoliyatida Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi – Anvar Valiyevich Alimovning hisobotlari eshitilib korrupsiyaviy omillarga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Kengash yigʻilishi kun tartibidan oʻrin olgan Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisida Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshligʻi – Sherzod Soxibovich Sharipov hamda Toshkent shahar Statistika boshqarmasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Toshkent shahar Statistika boshqarmasi boshligʻi – Lazizjon Toʻychiboyevich Mirsoatovlarning hisobotlari majlis qatnashchilari tomonidan tinglandi.

Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.