Joriy yilning 8-10 fevral kunlari Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent shahar Kengashi va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmasi xamkorligida mahalla va tashkilotlarda mehnat qilayotgan faol xotin-qizlar hamda tumanlardagi “Oqila ayollar” harakati aʼzolaridan iborat 100ga yaqin xotin-qizlar koʻhna Xorazm vohasining Urgench va Xiva shaharlaridagi tarixiy joylarga sayohati tashkil etildi.
Sayohat davomida “Ichan qalʼa” va “Paxlavon Maxmud” maqbarasining tarixi xamda Xiva xonligi xududida yashagan turkman qabilalarining madaniyati va turmush tarzini namoyish qiluvchi eng qadimiy obidalardan Turkman qalʼa “Ulli hovli” toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tinglandi.
Ayollarimiz, ayniqsa buvijon va qaynonajonlarimiz sayohatdan katta taassurotlar bilan qaytishdi, oʻylaymanki, Xorazm oʻlkasining oʻziga xos tarixiy obidalari, urf-odatlari, tarixda qiz farzand va kelinlarga boʻlgan munosabatlar toʻgʻrisida namunali va qiziqarli maʼlumotlarni faollarimiz oʻzlari mehnat qilayotgan mahallalarda soʻzlab berishadi. Ushbu safarimiz na faqat sayoxat balki tajriba almashish xususiyatiga ham ega boʻldi.
Hayotxon QOʻChQOROVA, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, “Oqila ayollar” harakati aʼzosi, guruh rahbari