Toshkent shahrida “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasi 2018 yil 1 iyuldan amalda

0
316
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahrida jamoat tartibini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi  qarori eʼlon qilindi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Oliy sudi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashining  Toshkent shahrida “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasini eksperiment tariqasida joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullandi.
 
Unga koʻra 2018 yil 1 iyuldan soat 16:00 dan 8:00 ga qadar vaqt oraligʻida ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya saf boʻlinmalari jamoat tartibini taʼminlash kuchlarining kamida 70 foizini, shuningdek, jamoatchilik vakillarini jalb qilish orqali kunu tun uch smenali patrul rejimini tashkil etish tartibi joriy etiladigan boʻldi.
 
Qarorda ichki ishlar va prokuratura organlarining profilaktika, tezkor va tergov boʻlinmalari, maʼmuriy sudlar, advokatura, shuningdek, sud-tibbiy ekspertiza xizmatlari xodimlari tomonidan sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat faoliyatini toʻliq amalga oshirish, keyinchalik sutkaning kunduzgi vaqtida oʻn olti soat davomida ularni bevosita xizmat vazifalarini bajarishdan ozod etish toʻgʻrisidagi huquqiy norma ham belgilab qoʻyildi.
 
Qarorning toʻliq matni bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumat partali gov. uz  saytida tanishish mumkin. 
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.