Toshkent teleminorasida tasvirga olish mumkin boʻldi

0
208
marta koʻrilgan.

Toshkent teleminorasi texnik jihozlar oʻrin olgan yirik obyekt boʻlish barobarida, poytaxtimizdagi diqqatga sazovor sayyohlik inshooti hamdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 6 fevralidagi «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tegishli buyrugʻiga muvofiq, Toshkent teleminorasiga tashrif buyuruvchi sayyohlarga teleminoraning foyesida, 100-110 metr balandlikda joylashgan tomosha maydonchasi va «Koinot» restoranida foto va video olishga ruxsat berildi.

Endi teleminoraga tashrif buyurayotgan sayyohlar oʻzlari bilan tomosha maydonchasiga va restoranga telefon, planshet, noutbuk va fotoapparat qurilmalarini olib kirishlari mumkin boʻldi. Suratga tushganlik uchun pul talab qilinmaydi.

Aytish joizki, Toshkent teleminorasi 1991 yilda Ulkan Minoralar Federatsiyasi tarkibiga kirgan va balandligi boʻyicha jahonda 11-oʻrinda turadi. 375 metrlik bu inshoot Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.