Toshkentda badiiy gimnastika boʻyicha xalqaro musobaqa start oldi

0
117
marta koʻrilgan.

Bugun poytaxtimizda «Xalqaro olimpiya kuni» munosabati bilan badiiy gimnastika boʻyicha «Yoshlar kubogi» xalqaro turniri boshlandi.

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Yoshlar ittifoqi sport markazi hamkorligida tashkil qilingan turnirda mamlakatimiz sportchilari bilan bir qatorda Rossiya, Singapur, Isroil, Hindiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston hamda Birlashgan Arab Amirliklari mamlakatlaridan gimnastikachilar ishtirok etishmoqda.

Bayram munosabati bilan poytaxtimizga badiiy gimnastika boʻyicha toʻqqiz karra jahon chempioni, bugungi kunda Singapur terma jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borayotgan Byanka Panova, shuningdek, asli oʻzbekistonlik xalqaro toifadagi sport ustasi, bugungi kunda Isroil terma jamoasi gimnastikachilariga ustozlik qilayotgan Venera Zaripovalar ham tashrif buyurganlar.

Bugun musobaqaning ochilish marosim boʻlib oʻtdi va bellashuvlar boshlandi. 

Ertaga nihoyasiga yetadigan xalqaro turnirga Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasining «Universal» sport majmuasi mezbonlik qilmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.