Toshkentda Chingiz Aytmatovning barelyefi oʻrnatildi

0
194
marta koʻrilgan.

2018 yilning 2 aprel kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatovning 90 yilligini nishonlash toʻgʻrisidagi» qarorni imzolagan edi.

Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida  12 dekabr kuni  Toshkent shahrining Yunusobod tumanida adib Chingiz Aytmatov barelyefining (tekis yuzaga ishlangan boʻrtma asar) ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda siyosat arboblari, adabiyotshunos olimlar, Oʻzbekistondagi Qirgʻiz madaniyati markazi vakillari,  sanʼat va madaniyat  namoyandalari  va adabiyot ixlosmandlari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻz olganlar Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi munosabatlarning yangi davri boshlangan hozirgi vaqtda Chingiz Aytmatovning asarlari xalqlarimiz uchun yanada muhim ahamiyat kasb etayotganligi, adib hayoti va ijodi, asarlari hamda adibning ikki mamlakat adabiyotida tutgan oʻrni haqida gapirib oʻtishdi.

Shuningdek, Toshkent shahridagi koʻchalardan biriga adib nomi berildi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.