Toshkentda Qoʻyliq bozorigacha metro liniyasi quriladi

0
789
marta koʻrilgan.

Bugungi kunda poytaxtimizda metro qurilishi boʻyicha 3 ta loyiha amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati. Ular Sergeli, Yashnobod yer usti xalqa metro yoʻllari hamda Yunusobod yer osti metro qurilishidir. Toshkent shahri atrofini qamrab oluvchi ushbu ulugʻvor qurilish  ijtimoiy hayotini yaxshilashga, yoʻlovchilarning yoʻl qatnovini yanada qulaylashtirishga qilishga munosib hissa qoʻshadi.

Hozir uzunligi 6,8 kilometr boʻlgan Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasi qurilishi loyihasini amalga oshirish boʻyicha bunyodkorlik ishlari qizgʻin olib borilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati – 170,1 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Mazkur qarorga koʻra yangi liniyani 2019 yil oxiriga qadar qurib foydalanishga topshirish koʻzda tutilgan. 
Sergeli metro liniyasi bugungi kungacha Markaziy Osiyoda qoʻllanilmagan butunlay yangicha estakada usulida bunyod etilmoqda. Yaʼni mazkur yoʻl koʻpriksimon tarzda quriladi, poyezdlar yer ustida harakatlanadi.

“Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻnalishining ikkinchi bosqichi qurilishi” loyihasining esa umumiy qiymati – 124,8 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Barpo etilayotgan yangi yoʻlning umumiy uzunligi 2,93 kilometrdan iborat boʻlib, unga koʻra qurilish ishlari joriy yilda toʻla nihoyasiga yetkazilishi koʻzda tutilgan. Ushbu yoʻnalishda bekatlar soni 2 ta (Yunusobod va Turkiston).
3-loyiha bu yer usti metro xalqa yoʻli qurilishi boʻlib, uning umumiy uzunligi 54,8 kilometrni tashkil etadi. 2017-2021yillarga moʻljallangan loyiha olti bosqichda amalga oshiriladi. Rejaga koʻra ushbu metro liniyasida 35 ta bekat quriladi. 

Dastlabki bosqichda Toshkent metropolitenining “Doʻstlik” bekatidan Qoʻyliq bozorigacha boʻlgan (11 km.) 8 ta bekatdan iborat qismi quriladi. Keyinchalik, u “Olmazor”, “Beruniy”, “Bodomzor” hamda “Tuzel`” bekatlari orqali yana “Doʻstlik” bekatiga tutashtirilib, yaxlit metro xalqasini tashkil etadi. Loyihaga koʻra, mazkur metro yoʻli Yashnobod, Uchtepa, Olmazor, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlari hududidan oʻtadi.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati. 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.