Toshkentda xalqaro tasviriy va amaliy sanʼat festivali boʻlib oʻtmoqda

0
1267
marta koʻrilgan.

Toshkentda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasida xalqaro tasviriy va amaliy sanʼat festivali boʻlib oʻtmoqda. Olti kun davom etadigan festivalda Eron, Quvayt, Ozarbayjon, Qozigʻiston, Latviya singari mamlakatlardan vakillar tashrif buyurishadi, deya xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

Toshkent shahri va boshqa hududlarda ijodkorlar, musavvirlar, xalq amaliy sanʼati ustalari, dizaynerlar, haykaltaroshlar ishtirokida koʻrgazmalar, mahorat darslari, ilmiy anjumanlar, yarmarkalar hamda konsert dasturlari tashkil etiladi. Ijodkorlarning, shuningdek, kulolchilik, kashtadoʻzlik, yogʻoch oʻymakorligi, kabi sanʼat yoʻnalishlarida ijod qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Sanʼat bayrami davomida Badiiy akademiya akademiklari, Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzolari, taʼlim muassasalari oʻqituvchilari mahorat darslari bilan ishtirok etishadi.

Tasviriy va amaliy sanʼat festivalining asosiy maqsadi milliy sanʼatimizning oʻtmishdan yetib kelgan boy merosi, bugungi salohiyati va eng asosiysi, istiqlol yillarida yetishib kelayotgan ijodkorlarni keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdir.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.