TRAVMATOLOGIYa MARKAZINING HUDUDIY FILIALLARIDA 340 GA YAQIN YUQORI TEXNOLOGIK OPERATSIYa MUVVAQIYATLI AMALGA OSHIRILDI

0
199
marta koʻrilgan.

Barcha sohalarda boʻlgani kabi yuksak salohiyatli, bilimli, raqobatbardosh kadrlar tibbiyot tizimi rivojida ham muhim ahamiyatga ega.

Shu maʼnoda, ayni paytda Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bemorlarga toʻgʻri tashxis qoʻyish, davolash, bir soʻz bilan aytganda, ularga sifatli tibbiy yordam koʻrsatish uchun 98 nafar yetuk va malakali shifokor, xususan, 8 nafar tibbiyot fanlari doktori, 18 nafar tibbiyot fanlari nomzodi, 7 nafar PhD va 43 nafar oliy toifali shifokor samarali mehnat qilmoqda.

Taʼkidlash lozimki, birgina 2020 yilda markazning 24 nafar malakali mutaxassisi tomonidan hududlarda 512 nafar bemor tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, 65 nafar bemorga joylarda operativ muolajalar bajarildi.

Jumladan, 37 nafar bemorda yirik boʻgʻimlarni endoprotezlash, bloklovlovchi intramedullyar osteosintez, tizza boʻgʻimi kasalliklarini artroskopik usulda davolash kabi yuqori texnologik operatsiyalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Mamlakatimizda tibbiyot tizimiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor tufayli soʻnggi yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 4 ta hududiy filiali tashkil etildi. Natijada, koʻpchilik yurtdoshlarimizning davolanish uchun viloyatdan poytaxtga kelishlariga sira hojat qolmadi.

Xususan, ayni paytda markazning Samarqand, Namangan, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi filiallarida poytaxtdagi mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari, seminarlar, bemorlarni birgalikdagi koʻrikdan oʻtkazish va operatsiya qilish amaliyotlari muntazam bajarib kelinmoqda.

Ushbu hududiy filiallarda birgina 2020 yilda 340 ga yaqin yuqori texnologik operatsiyalar muvvaqiyatli amalga oshirildi.

Raqamlarga murojaat qilsak, 2020 yilda hududiy filiallarda 82 ta yirik boʻgʻimlarni endoprotezlash, 257 ta BIOS kabi yuqori texnologik operatsiya muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Qolaversa, markazda hududiy mutaxassislarni ish joyida maqsadli kasbiy amaliyot oʻtashi yoʻlga qoʻyilib, 2018–2020 yillarda 29 nafar mutaxassis yuqori texnologik operatsiyalar boʻyicha oʻqitildi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.