Turin politexnika universiteti talabalari Singapurning Sovereign Wallet kompaniyasida tajriba almashadilar

0
461
marta koʻrilgan.

Singapurdagi Sovereign Wallet aksiyadorlik kompaniyasi bosh ijrochi direktori  Seokgu Yun boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi.  

Tashrif doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Sovereign Wallet network Pte.Ltd. oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi. 

Sovereign Wallet tarmogʻi banklarga qaram boʻlmagan oʻzini-oʻzi mustaqil moliyalashtiruvchi mijozlar uchun Sovereign Wallet mobil qurilmalarda sodda,  xavfsiz,  Ethereum blockchain platformasiga asoslangan menejment va kommunikatsion yechimlarni taqdim etuvchi kompaniya hisoblanadi.

Singapur kompaniyasi va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti oʻrtasida imzolangan memorandumda universitetda axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalarga Blockchain tadqiqot dasturi boʻyicha taʼlim berish shuningdek, universitet va Sovereign Wallet oʻrtasida malaka va tajriba almashish,  oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari koʻzda tutilgan.

Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.