Turkmaniston Prezidenti Koʻksaroyda tantanali kutib olindi

0
234
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Koʻksaroy» qarorgohida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovni kutib oldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.

Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov maxsus shohsupaga koʻtarildilar. Ikki davlat madhiyalari yangradi. 

Faxriy qorovul boʻlinmasi boshligʻi raport bergach, davlat rahbarlari qorovul safi oldidan oʻtib, oʻzbek harbiy xizmatchilarini qutladilar va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻiga ehtirom koʻrsatdilar.  

Soʻng Prezidentlar rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini bir-biriga tanishtirdi. 

Birgalikda suratga tushish marosimidan soʻng davlat rahbarlari tor doirada muzokara oʻtkazish uchun moʻljallangan zalga oʻtdilar.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here