Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida belbogʻli kurash boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Mazkur nufuzli musobaqada 35 ta davlatdan 800 nafarga yaqin kurashchi ishtirok etdi.
Bellashuvda Oʻzbekistondan 24 nafar sportchi qatnashdi. Ular safida xorazmlik Ullijon Davletova va Begoyim Rahimboyeva ham bor.
Ullijon Davletova va Begoyim Rahimboyevalar Qozondan medallar bilan qaytishdi. Begoyim 76 kilogramm vazn toifasidagi ishtirokchi qizlar orasida kumush medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Ullijon 58 kilogrammgacha vazn toifasidagi qatnashchilar birinchiligida bronza medalni olishga muyassar boʻldi. Gʻoliblar bilan Yangibazar tuman maktablarida qiziqarli uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Elyor Palvanov