Taekvondo olamini hayratga solayotgan vakilimiz Ulugʻbek Rashitov Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlaridagi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda.
Yosh taekvondochimiz Ulugʻbek Rashitov ikkinchi jangida uch marta jahon chempioni koreyalik Li De Xunga qarshi dastlabki raundda imkoniyatni boy bergan boʻlsada 2 va 3-raundlarda ustunlik qildi.
Mali va Janubiy Koreya vakillarini ortda qoldirgan Rashitov chorak finalda eronlik Mirhoshim Hossaynidan 34:22 hisobida ustun kelib, yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Ulugʻbek Rashitov taekvondochlarimiz orasida birinchi boʻlib Olimpiya oʻyinlarining medalini qoʻlga kiritadigan sportchi boʻlib tarixga kirmoqda.
Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida -68 kg vazn toifasida jang qilayotgan hamyurtimiz biroz avval yarim final bosqichini ham muvaffaqiyatli oʻtkazib, oltin medal uchun jang qilish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Sportchimiz bu yoʻlda Bosniya va Gersegovina vakili Nedzad Xushichni 28:5 hisobida taslim etdi.
Shu tariqa, Ulugʻbek Rashitov Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining kamida kumush medalini naqd qildi va finalda Buyuk Britaniya – Xitoy vakillari oʻrtasidagi bahs gʻolibi bilan chempionlik masalasini hal qiladi.
Boʻlajak bellashuvda ham Rashitovga omad va zafarlar tilab qolamiz. Yangi Oʻzbekistonga yangi gʻalabalar muborak boʻlsin!
GUJUM.UZ