Umida Rahmonova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati: Ayollarning homiladorligi yoki tugʻruq taʼtiliga chiqishini roʻkach qilib ishga qabul qilmaslikka  chek qoʻyiladi

0
325
views

Yangilanayotgan Konstitutsiyada ayollarning homiladorligini yoki tugʻruq taʼtiliga chiqishini roʻkach qilib ishga qabul qilmaslik holatlariga butunlay chek qoʻyiladi. Albatta, bu huquqiy demokratik davlat uchun har bir insonning teng huquqli boʻlishi, erkak va ayollarning rivojlanishi uchun teng imkoniyat yaratishning eng muhim asosi deb bilaman.

Men jamiyatimizdagi ayollarning oʻqishi, bilim olishi, oʻz ustida ishlashi, ilmiy ish qilishi, rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi uchun teng sharoit yaratib berishni kafolatlayotgan — Yangilanayotgan Konstitutsiyamizga befarq emasman! Albatta 30 aprel kuni referendumda oilam bilan birgalikda kelajagimiz uchun ovoz beraman va Sizni ham referendumda faol boʻlishga chaqiraman.

GUJUM.UZ

 

 

 

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here