Urganch shahrida Oʻzbekiston – Rossiya qoʻshma komissiyasining birinchi majlisi

0
145
marta koʻrilgan.
Avval xabar berilganidek, Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedev Hukumat rahbarlari darajasidagi Oʻzbekiston – Rossiya qoʻshma komissiyaning birinchi majlisida ishtirok etish uchun 29-30 may kunlari mamlakatimizda boʻldi.
 
Urganch shahrida Hukumat rahbarlari darajasidagi Oʻzbekiston – Rossiya qoʻshma komissiyasining birinchi majlisi boʻlib oʻtdi.
 
Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning yangi shakli sifatida qayd etilayotgan ushbu tadbirda hukumatlar aʼzolari, tegishli vazirlik va idoralar, yetakchi iqtisodiy tuzilmalar rahbarlari ishtirok etdi.
 
Majlis hukumat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi bilan boshlandi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedev Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari, doʻstlik ruhidagi koʻp qirrali amaliy hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. 
 
Ikki davlat Prezidentlarining muntazamlik kasb etgan uchrashuv va muloqotlar mamlakatlarimiz vazirlik va idoralari, hududlari oʻrtasida sheriklik munosabatlarini amaliy mazmun bilan boyitayotgani taʼkidlandi. Turli darajadagi delegatsiyalar almashuvlari va hududlararo hamkorlik faollashgani savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar aloqalarni yuqori darajada davom ettirish uchun qulay zamin yaratmoqda.
 
– Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli va doʻstona munosabatlar hududlararo hamkorlik kengayayotganida oʻz ifodasini topmoqda. Oʻtgan yili ilk bor Oʻzbekiston – Rossiya hududlararo hamkorlik forumi tashkil etildi. Uning doirasida hududlar rahbarlari va tadbirkorlar hamkorlikning aniq yoʻnalishlarini belgilab oldi. Bugungi uchrashuv ushbu ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish imkonini berishiga ishonaman, – dedi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov.
 
Shuningdek, Dmitriy Medvedev Xiva shahrida boʻlib, shaharning diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalarni tomosha qildi.
 
Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining mamlakatimizga tashrifi nihoyasiga yetdi.
 
Dmitriy Medvedevni Urganch xalqaro aeroportidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kuzatib qoʻydi.
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.