Urganch shahar xokimligi sayti — urganchshahar.uz yangi talqinda

0
869
marta koʻrilgan.

Urganch shahar xokimligining yangi talqindagi saytida sektorlar faoliyatiga, “Obod mahalla” davlat dasturi  boʻyicha olib borilayotgan ishlarga,  aholini imtiyozli uy-joylar bilan taʼminlashga, canʼat yodgorliklari, muqaddas qadamjolar, turizm salohiyatini yanada kengaytirishga, madaniyat va istirohat bogʻlari, restoran, choyxona va kafelar, shahar xalq qabulxonasi, davlat xizmatlari markazi xizmatlari, tadbirkorlik, boʻsh turgan binolar, boshqa davlat organlari bilan hamkorlik aloqalariga keng oʻrin berilgan.

Ilgari advokatlar, notarial idoralari, bandlikka koʻmaklashish, oliy oʻquv yurtlari, taʼlim muassasalari, yoshlar ittifoqi, tender eʼlonlari, statistik va tahliliy axborotlar, sayyor qabullar, deputatlar faoliyati bilan kifoyalanib qolingan boʻlsa, endilikda yuqoridagi yoʻnalishlar koʻlamini kengaytirish orqali  shahar aholisi farovonligi, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatni yanada yuksaltirish maqsadlari koʻzlangan.

Sayt orqali turli sohalar boʻyicha koʻproq maʼlumotlarning berilishi viloyatga tashrif buyuradigan turistlarning  Urganch shahri orqali kirib kelishlari samaradorligini yanada oshirishga, tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratishga, korxona va tashkilotlar bilan oʻzaro  hamkorlikni  toʻgʻri yoʻlga qoʻyishga xizmat qiladi.

Bir gap bilan aytsak, ijtimoiy rivojlanishni oʻzida aks ettiradi.

     Gulyor Palvanova

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.