Xorazmda «Hududiy bosma nashrlarning holatini yaxshilash boʻyicha taklif va tavsiyalar» mavzusida seminar-trening 

0
180
marta koʻrilgan.

 Urganch shahridagi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining majlislar zalida Oʻzbekiston matbuot  va axborot  agentligi va Oʻzbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi bilan hamkorlikda «Hududiy bosma nashrlarning holatini yaxshilash boʻyicha taklif va tavsiyalar» mavzusida seminar-trening oʻtkazildi. Tadbirda viloyatdagi OAVlari vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

 Tadbirni Xorazm viloyat matbuot va axborot boshqarmasi boshligʻi D.Bekchanova olib bordi.

 Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vakili Sarvar Hurramov tadbirni  kirish soʻzi bilan ochdi.

 Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligida  boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Maʼmurjon Parpiyev «OAV tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan qonunbuzilish holatlari  yuzasidan monitoring natijalari», Xalqaro jurnalistika fakulteti dotsenti Nazira Toshpoʻlatova  «Hududiy nashrlarning bugungi holati: menejment  va marketing yoʻnalishlaridagi muammolar va yaxshilash boʻyicha takliflar», «Jurnalist tekshiruvini olib borish bosqichlari va tamoyillari» mavzularida, Beruniy Alimov  «Hududiy nashrlarda axborotlarni tayyorlash – kontent masalasi», «Olib borilayotgan islohotlar ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatishda jurnalistning roli va bunda kasbiy etika tamoyili» mavzularida maʼruza qildi. 

Tahririyatlar va gazeta yetkazib beruvchi tashkilotlar oʻrtasidagi muammolar hamda uni hal qilish boʻyicha fikrlashib olindi. Seminar-trening qiziqarli  savol-javoblar ostida mazmunli yakunlandi.

Tadbir soʻnggida ishtirokchilar tomonidan shunday seminar-treninglar tahririyatlar faoliyatiga ijobiy taʼsir etishi haqida fikr-mulohazalar  bildirildi.

      X.Yoqubova, Xorazm viloyati matbuot va axborot boshqarmasi mutaxassisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.