Urganchda “O‘qituvchi” markaziy kitob doʻkoni ochildi

0
604
marta koʻrilgan.

Urganch shahrida ikkita “O‘qituvchi” markaziy kitob doʻkoni tantanali ravishda ochildi.

Bugungi kunda Xorazm viloyatda 38 ta kitob doʻkoni faoliyat yuritib kelmoqda. Ularning soni yana ikkiga koʻpaydi. Aholini kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida tashabbuskor tadbirkorlar Abdullayev Quvondiq tomonidan viloyatda beshinchi kitob doʻkoni ish boshladi.

Bugun Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud va Oʻzbekiston koʻchalarida “O‘qituvchi”brendi ostidagi  kitob doʻkonining ochilish tantanasida Urganch shahar hokimi Sh.Abdullayev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi D.Bekchanova, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari B.Abdirimov, viloyat axborot-kutubxona markazi direktori R.Qurbanov, Xorazm pochtasi viloyat boʻlimi rahbari M.Madrimov soʻzga chiqdilar.

Maʼruzachilar mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning toʻrtinchi, yaʼni- aholi, ayniqsa, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida viloyatimizda keng qamrovli ishlar olib borilayotgani haqida gapirdilar.

Tadbirkor Urganch shahar hokimligi kutubxonasiga, viloyat axborot-kutubxona, axborot-resurs markazlari, taʼlim muassasalari kutubxonalariga yuzdan ortiq kitoblarni hadya qildi.

Gulyor PALVANOVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.